Xarajatlaringiz nazoratda.

Bir gap yozing. iHisob summani va kategoriyani o'zi topadi.

Namuna: «Taksi 35 ming, bozorga 180 ming» degan gap ikkita xarajat kartasiga aylanadi: Taksi, 35 000 so'm va Bozor, 180 000 so'm.
  • Internetsiz ishlaydi
  • Ma'lumotlar iPhone'ingizda
  • Bepul
Yuklab olingApp StoreTez orada App Store'da

Savolingiz bo'lsa, Telegram'da yozing

Siz tasdiqlamaguncha hech narsa saqlanmaydi

iHisob «ming», «sotka», «ko'k» kabi so'zlarni ham internetsiz tushunadi. Aniq bilmagan joyini sariq bilan belgilaydi: «Dorixona 85» desangiz, 85 000 so'm deb oladi, lekin summani tekshirishni so'raydi.

Kartani ochib, sariq joyni bosasiz: to'g'ri bo'lsa shu bilan tasdiqlanadi, xato bo'lsa tuzatasiz. Yozuvlar faqat «Saqlash» tugmasini bosganingizda saqlanadi.

Namuna: «Dorixona 85» degan gapdan Dorixona, 85 000 so'm kartasi chiqadi, summa sariq bilan belgilangan. Tekshirilgach sariq belgi yo'qoladi, keyin «Saqlash (1)» bosiladi.

Sanani ham gapda ayting

«Kecha taksi 35 ming» desangiz, yozuv kechagi kunga tushadi. «O'tgan shanba», «3 kun oldin», «15-sentabrda» ham tushuniladi; sana aytilmasa, bugungi kun.

Oyning hamma yozuvlari kunlar bo'yicha, har kunning jami bilan turadi. Kerakli yozuvni qidiruv bilan tez topasiz.

Oyning yozuvlari kunlar bo'yicha, har kunning jami bilan

Oy bir qarashda

Bosh sahifada oyning xarajat chizig'i oldingi oylar o'rtachasi bilan yonma-yon turadi. Qisqa xulosalar shu tezlikda sarflasangiz oy oxirigacha qancha ketishini, har oy takrorlanadigan to'lovlarni va odatdagidan ko'p ketgan kategoriyani aytadi.

Oylik xarajat grafigi, oy oxirigacha qancha ketishi va qisqa xulosalar

Pul qayerga ketayotganini toping

Har bir guruh summasi va ulushi chiziq bilan ko'rinadi, eng kattasi tepada. 3, 6, 12 oyni yoki istalgan oylar oralig'ini birga ham ko'rasiz. Tayyor kategoriyalar bor, o'zingiznikini ham qo'shasiz.

«Xarajatlar»: guruhlar bo'yicha oylik xarajat va ulushlar

Yana nimalar bor

Ovoz bilan yozish

Mikrofonni bosib 30 soniyagacha gapiring: gapingiz matnga, keyin kartalarga aylanadi. Hozircha sinov versiyasida AI faqat matn bilan ishlaydi, shuning uchun ovoz bilan yozish hali yoqilmagan.

Bosh ekrandagi vidjetlar

Ilovani ochmasdan, bosh ekranda bu oy va bugun qancha sarflanganini ko'rasiz, qulf ekranida esa summalarni. «Kun hikmati» vidjeti har kuni pul haqida bitta maqol beradi.

Haftalik xulosa

AI yordamchi yoqilgan bo'lsa, har hafta o'tgan hafta haqida qisqa xulosa yozadi.

Ma'lumotlaringiz qayerda

Telefoningizda

Yozuvlar, qarzlar, kategoriyalar va eslatmalar sizning iPhone'ingizda saqlanadi. Gapni dastlabki o'qish ham telefonning o'zida bajariladi. Vidjetlar uchun hisoblangan summalar ham telefondan chiqmaydi.

  • Hisob ochish shart emas
  • Reklama va kuzatuvchilar yo'q

AI yordamchiga nima yuboriladi

AI yordamchi iHisob serveri orqali o'zi ishlaydi: ilova serverdan nomsiz, tasodifiy kod oladi. U ilova o'zi tushunmagan gapni va haftalik xulosa uchun jamlarni oladi; iHisob serveri ularni saqlamaydi.

Aniq nima yuboriladi

Ilova o'zi tushunmagan gap: gapning o'zi, bugungi sana, kategoriya nomlari va gapda tilga olingan odamlar ismi bilan qarz kimdan kimga ekani (summasiz). Haftalik xulosa uchun faqat jamlar: haftaning kirim va chiqimi, o'tgan hafta va odatdagi hafta chiqimi, 5 tagacha asosiy kategoriya, eng katta xarajat (summa va kategoriya), yozuvlar soni va ochiq qarzlar jami. Ismlar, izohlar va alohida yozuvlar yuborilmaydi. Hammasi iHisob serveri orqali OpenAI'ga boradi; server matnni saqlamaydi va OpenAI'dan ham saqlamaslik so'raladi. Serverdan olingan kodda ismingiz ham, telefon identifikatori ham yo'q, faqat tasodifiy belgilar. Bu kod bilan ovoz bilan yozish mavjud emas.

Maxfiylik siyosatini to'liq o'qish

Savollar

Narx va qurilmalar

iHisob pullikmi?

Yo'q, iHisob bepul.

iHisob qaysi qurilmalarda ishlaydi?

iOS 26 va undan yuqori versiyali iPhone'da. Yorug' va qorong'i rejim ikkalasi ham bor.

Qaysi tillarda ishlaydi?

O'zbek, rus va ingliz tillarida: ilovaning o'zi ham, siz yozadigan gaplar ham.

Vidjetlar bormi?

Ha. Bosh ekranda: bu oy va bugungi xarajat, o'rta vidjetda yana eng katta guruhlar va yozuv qo'shish uchun «+». Qulf ekranida: faqat summalar. Yana har kuni yangi maqol chiqadigan «Kun hikmati» vidjeti bor. Vidjetlar faqat so'mdagi xarajatlarni ko'rsatadi.

Ma'lumotlar

Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?

Sizning iPhone'ingizda. Qurilmalar o'rtasida sinxronlash hozircha yo'q.

Telefon yo'qolsa yoki yangisini olsam-chi?

Yozuvlar faqat shu iPhone'da turadi va iPhone'ning o'z zaxira nusxasiga (iCloud yoki kompyuterdagi zaxira) kiradi. Yangi iPhone'ni shu zaxiradan tiklasangiz, yozuvlar qaytadi. Telefonlar o'rtasida o'zi ko'chmaydi.

Qaysi valyutalar bor?

So'm va AQSH dollari.

Qarzlarni ham yozsa bo'ladimi?

Ha. «Ko'proq» ichidagi «Qarzlar» bo'limida kim kimga qancha qarzdorligini yozasiz. Ochiq qarz bo'lsa, qaytarish sanasi yaqin odamlar bosh sahifada ko'rinadi.

AI

AI majburiymi?

Yo'q. Ilova ko'p gaplarni o'zi, internetsiz o'qiydi; AI yordamchi internet bo'lganda iHisob serveri orqali o'zi ulanadi va faqat ilova tushunmagan gaplarda yordam beradi. Siz tasdiqlamaguncha yozuv saqlanmaydi.

Internetsiz ishlaydimi?

Ha. Gaplarni dastlabki o'qish telefonning o'zida bajariladi. AI yordamchi va haftalik xulosa uchun internet kerak.

Ovoz bilan yozsa bo'ladimi?

Hozircha yo'q: sinov versiyasida AI faqat matn bilan ishlaydi. Ovoz bilan yozish yoqilganda yozuv qo'shish sahifasida mikrofon paydo bo'ladi; ovoz matnga aylanadi, yozuvning o'zi saqlanmaydi.

Bir gap yozing. iHisob summani va kategoriyani o'zi topadi.

iPhone, iOS 26 va yangiroq.

Yuklab olingApp StoreTez orada App Store'da